Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova raisligida bo‘lim xodimlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga yig‘ilish o‘tkazildi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri  B.Asrorova raisligida  bo‘lim  xodimlari va  maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlariga  yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida  maktabgacha ta'lim tashkilotlari  faoliyati, bolalarga berilayotgan ta'lim-tarbiya sifati, sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etilganligi, oziq-ovqat mahsulotlari hisoboti, tashkilotda olib borilgan obodonchilik va tozalik ishlari, bolalarni  tashkilotga qabul qilish tartibi, tashkilotlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilganligi,   bolalarni Open EMIS  tizimiga  kiritilishi  ahvoli, oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga berilayotgan ta'lim-tarbiya sifati,  atroflicha  ko‘rib  chiqildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan  ayrim tashkilot rahbarlari ogohlantirildi va yuzaga kelgan muammolar,  ularni  bartaraf etish choralari  yuzasidan bo‘limning mas'ul xodimlariga  va tashkilot rahbarlariga  vazifalar taqsimlab  berildi hamda  kelgusidagi rejalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 25/05/2021 06:54;   Ko‘rilganligi: 341
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-7-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-basrorova-raisligida-bolim-xodimlari-va-maktabgacha-talim-tashkilotlari-direktorlariga-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:44