Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limida Avgust anjumani o‘tkazildi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining “2018-2019 o‘quv yilida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik afzaliklari-ommaboplik va sifati” shiori ostida Avgust anjumani o‘tkazildi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha vazirligining “2018-2019 o‘quv yilida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik afzaliklari-ommaboplik va sifati” shiori ostida Avgust anjumani A.Temur ko‘chasida joylashgan 14-sonli musiqa maktabi binosida o‘tkazildi.

         Ushbu anjumanda Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Saidmurodov, Oqdaryo tuman Prokuror yordamchisi, tumandagi Partiya Kengash raislari hamda deputatlari va hamkor tashkilotlari ishtirok etishdilar.

         Anjumanda Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova hisobot berib utdi.

         Hisobot so‘ngida taklif firklar bildirib utildi.

         Anjuman davomida Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov so‘zga chiqib barchani kelayotgan mustaqillik bayrami hamda ushbu 1-Avgust anjumani bilan tabrikladi. Kelajakdagi ishlariga rivoj tilab tilak bildirib utdi.

         Oqdaryo tuman Prokuror yordamchisi so‘zga chiqib bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalariga yurtboshimiz katta e'tibor berayotganligi to‘g‘risida aytib utib kelgusidagi ishlariga omad tilab utdi.

Anjuman davomida muassasalar tomonidan tayyorlab kelgan bayram dasturi namoyish etildi.

Anjuman so‘ngida faol, tashabbuskor mudiralar, oshpazlar, ombor mudirlari, tarbiyachilar faxriy yorliqlar hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Oxirgi o‘zgarish: 30/08/2018 17:43;   Ko‘rilganligi: 1150
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimida-avgust-anjumani-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:46