Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 30- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 30- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.
30- sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan har bir guruhda ochiq mashg‘ulotlar, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “ Bolalarga bering dunyoni “ mavzusida tadbir o‘tkazildi. Bo‘lim metodistlari tomonidan o‘quv treninglari tashkil etildi. Tarbiyachilar o‘zaro bir-birlari bilan tajriba almashishdi. Seminar yakunida bo‘lim mudir o‘rinbosari M.Saidkamolova tarbiyachilarga ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yo‘llari, uslublari to‘g‘risida o‘z fikr va takliflarini berdi.
Kiritilgan vaqti: 02/06/2021 08:06; Ko‘rilganligi: 478
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 22:22