Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bulimi mudiri B.Asrorovaning"Maktabgacha ta'lim muassasalarida chet tili o‘rgatilishini jadallashtirish va uni joriy etish masalalari" tug‘risida maqola
Muxtaram prezidentimiz tomonidan mustaqillik yillarida vatanimizda ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari darajasiga kutarildi.
Muxtaram prezidentimiz tomonidan mustaqillik yillarida vatanimizda ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari darajasiga kutarildi.
Xususan, umumiy o‘rta ta'lim siyosatini tubdan oshirish intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta'lim berishni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, shu jumladan chet tili, informatika hamda matematika kabi muhim va talab yuqori bo‘lgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatish. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat fuqarolarning sifatli ta'lim olishga bo‘lgan huquqini ruyobga chiqarishga xizmat qilishini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy maqsadi bolani o‘rganishga bo‘lgan ijobiy munosabati, turli ma'lumotlar bilan ishlash va ularni kundalik hayotga qo‘llay olish, mantiqiy fikrlash, o‘z-o‘zini gudaklik davridanoq, boshqarish ta'limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Ayni paytda tumanimizdagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida farzandlarimizga chet tilini mukammal o‘qitish va o‘rgatish uchun fan xonalari tashkil etilib, barcha zarur uquv jixozlari, ko‘rgazmali qurollar, turli xil o‘yin mashg‘ulotlariga muljallangan metodik majmualar bilan ta'minlangan bo‘lishi zarur. Xonada kerakli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim. Chiroyli va qulay mebil jixozlari bilan bir qatorda chet tillarni o‘rganishni tashkil etishning muxim omillaridan biri xonalarni ilg‘or axborot va media texnalogiyalari bilan ta'minlanish kerak.
Til o‘rganish jarayonida bolaning yoshi va psixofiziologik holati muxim ahamiyat kasb etishi sir emas. Maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab chet tillarni o‘rgatishda bolalarning yoshi psixologik xususiyatlari, dastur mavzularini o‘zlashtirishdagi holatlarini e'tiborga olish, hamda lug‘at jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirish zarur.
Maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab chet tilini o‘rgatishda o‘yin usullaridan foydalanish samarali bo‘lib bunda bolaning fikrlash qobilyati rivojlanadi. O‘yin aloxida tashkil etilgan mashg‘ulot bo‘lib, bunda bolaning his-tuyg‘ulari va aqliy imkoniyatlarining safarbar etilishini, biror-bir qaror qabul qilishdan oldin qanday yo‘l tutish, fikr bildirish, qanday qilib yutuqqa erishish kabi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirish bolaning fikrlash qobilyatini jadallashtiradi. Agar bola chet tilida gapirsa bu ta'limiy imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Bolalar o‘zlari o‘ylamagan tarzda chet tilini o‘rgana boshlaydilar. O‘yin bolalar uchun juda qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib bunda a'lochi o‘quvchi ham teng ishtirok etadi. Bundan tashqari chet tilini sust o‘zlashtirgan bola o‘yinda birinchi bo‘lishi mumkin, hamma bilan tengligini his qilishi, quvonch va zavq muxiti, vazifalarni bajarishdagi osonlik, bularning hammasi nutqda notanish, tilda so‘zlashishdagi tortinchoqlikni yengishga yordam beradi va ta'lim natijalariga ijobiy ta'sir o‘tkazadi.
Shu bilan birga chet tiliga oid material oson o‘zlashtirilib bolada “Men boshqalar qatorida chet tilida gapira olaman” degan qoniqish hissi paydo bo‘ladi. O‘yinlar orqali bolalarning lug‘at boyligi oshiriladi, ijodiy tashabbuskorlik hamda kunikma va malakalar rivojlantiriladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki chet tili bo‘yicha maxsus mashqlarni 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘rgatish ijobiy natija beradi. Chet tilini o‘rgatish bo‘yicha turli usul va shakllar mavjud bulsa-da, maktab yoshida bu jarayon qiyinroq kechishi mumkin. Ularning tez charchashi, diqqatning ixtiyorsizligi, eslab qolish darajasi xali yetarli darajada rivojlanmagani yoshi va ruxiyatiga xosdir.
3 yoshdan 6-7 yoshgacha bolalarga chet tilini o‘rgatishda o‘yinning imkoniyatlari keng bo‘lib, belgilangan mavzu buyicha talab etilayotgan bilim, malaka va kunikmaga erishishning oson yo‘lidir.
Chet tilini o‘rgatishning boshlang‘ich davrida mashg‘ulotlarda turli raqs xarakatlaridan iborat bo‘lgan jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin. Bunda bolalar oldiga bu harakatlarning nomini eslab qolish maqsadi quyilishi kerak.Bolalar o‘zlarini erkin tutishlari tarbiyachi bilan birga mashg‘ulotni qiziqarli o‘tishiga harakat qilishlari kerak, chunki ularning ingiliz tilida muloqat qilishga tayyorligi va o‘z istaklarini bildirishi ushbu tildagi muloqat imkoniyatlarini kengaytiradi.
Barcha say-harakatlarimiz zamirida farzandlarimizni yetuk shaxs qilib tarbiyalash maqsadi yotadi. Maktabgacha ta'lim soxasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bug‘uni hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muxim axamiyat kasb etadi. Muxtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek “Zamonaviy ta'lim-tarbiya zamonaviy taraqqiyotning bosh omilidir”.
Oxirgi o‘zgarish: 11/07/2018 14:50; Ko‘rilganligi: 1279
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 23:41