Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bulimi mudiri B.Asrorovaning"Maktabgacha ta'lim muassasalarida ertaklar orqali bolalar dunyo qarashini kengaytirish."tug‘risida maqolasi

“Ertaklar-yaxshiliklar yetaklar” deb bejiz aytishmagan. Ertaklar bolalarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan ma'naviy taxdidlardan ximoya qilishda, ularning ma'naviy tarbiyasini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklar yordamida bolalarning xotirasi, diqqat tafakkuri rivojlanadi. Ularni tinglash o‘qish ona tilida til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni bartaraf etish ishlari dastlab maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ertaklar orqali bolalar dunyo qarashini kengaytirish.

 “Ertaklar-yaxshiliklar yetaklar” deb bejiz aytishmagan. Ertaklar bolalarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan ma'naviy taxdidlardan ximoya qilishda, ularning ma'naviy tarbiyasini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklar yordamida bolalarning xotirasi, diqqat tafakkuri rivojlanadi. Ularni tinglash o‘qish ona tilida til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni bartaraf etish ishlari dastlab maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgan tarbiyalanuvchilarning nutqiy kamchiliklarini bartaraf etishda hikoya va ertaklarni, sherlarni ko‘proq yodlatish shuningdek so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qildirish va turli hil mashqlar bajarish orqali maqsadga erishiladi. Ertak mazmuni asosida bolalarda ezgu hislatlarni tarbiyalash hamda insoniy fazilatlarni targ‘ib etish bilan ularning axloqiy sifatlariga ijobiy ta'sir etish, bolalar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatni shakllantirish va mustaqil ijobiy fikrlashga o‘rgatish kerak.

Masalan! xayvonlar xaqidagi ertaklardan “Tulkining taqsimoti” ertagi bo‘lib unda ayyorlik va tilyog‘lamalik tulki obrazi orqali ifodalangan. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda, ota kambag‘al lekin xayot tajribalariga boy bo‘lgan shaxs, boshqa variantlarida esa shox bo‘lib o‘g‘illari shaxzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar ko‘rinsa shahzodalar qiyofasida mol-mulk to‘plash yo‘lida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolg‘onchi, joxil kishilar obrazi gavdalangan.

   Ertak o‘qib bo‘lingandan keyin bolalarni umumiy xulosa chiqarishga undash kerak “Agar sen uning o‘rnida bo‘lganingda nima qilgan bo‘lar eding?” kabi savollar berib erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini yanada oshirishga yordam beradi. Har bir ertakning o‘z g‘oyasi bor albatta “Sehrli sholg‘om” ertagi bolalarni fikrlashga voqealarni ketma-ket aytishga undaydi. “Kuch birlikda” degan g‘oyani anglab yetishini ta'minlaydi. “Zumrad va Qimmat” ertagida esa Zumradning mehnatsevarligi ulug‘lanadi. Qimmat esa dangasa, ishyoqmas sifatida gavdalanadi. Shu tariqa bolalar ertakni tinglash orqali qissadan xissa chiqarishga o‘rgatiladi.

     Ertaklarni mahorat bilan yetkazish bolada ko‘tarinki quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga, kichkintoy bilan his xayajonli muloqotni o‘rnatishga, sezdirmay tarbiyaviy ta'sirni tashkil etishga, atrof-muhit xaqidagi bilimi va ma'lumot zaxiralarini samarali to‘ldirishga imkon yaratadi.

   Ertaklarning ta'limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati juda katta, ularda voqealar asosan mo‘jizali tarzda voqea va xodisalarni xayot bilan bog‘lab tinglovchi e'tiborini jalb qilib ajoyibotlar olamiga kiradi, shirin tuyg‘ular dunyosiga g‘arq etadi. Ayni damda xalq og‘zaki ijodida xalqning xayoti, tabiat, go‘zallik ta'lim-tarbiya, odob axloq to‘g‘risidagi umumbashariy va milliy qarashlar ham mujassamlanadi.

       Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash joizki, ertak ustidagi ishlarni yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etishda bu jarayonni bolalarning so‘z boyligini oshirishga qaratish, ularning nutqini o‘stirish, tafakkuri va ma'naviyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero ta'lim doimo takomillashishga yangilanishga muxtoj.


Oxirgi o‘zgarish: 14/07/2018 07:45;   Ko‘rilganligi: 1218
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bulimi-mudiri-basrorovaningmaktabgacha-talim-muassasalarida-ertaklar-orqali-bolalar-dunyo-qarashini-kengaytirishtugrisida-maqolasi
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 22:26