Oqdaryo tuman Maktabgacha ta'lim tizimi fidoiy xodimlari Referendum targ'ibot ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki!” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi
Bugun erta tongdan Oqdaryo tumanida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida Oqdaryo tuman hokimligi, tuman IIB, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman XTB, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan birgalikda “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam" piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
Uch mingga yaqin xodimlar va yoshlarni birlashtirgan mazkur yurish marafoni erta tong soat 8:00 da M-37 magistral yo‘lining Loyish shaharchasiga kirish qismidan boshlandi hamda markaziy Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab bayramona kayfiyatda davom etdi.
Oxirgi o‘zgarish: 30/03/2023 18:54; Ko‘rilganligi: 63
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:00