Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 6- maktabgacha ta'lim muassasasida o‘tkazilgan “Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining

2018 yil 13 dekabrdagi 08-3227-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni  takomillashtirish hamda maktabgacha ta'lim muassasalari oshxonalarida Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi Sanitariya qoidalari va me'yorlariga rioya qilinishni va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirilishini ta'minlash maqsadida  Maktabgacha ta'lim muassasalarida 2019 yil mart oyi “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 30 mart  kuni Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 6-son maktabgacha ta'lim muassasasida ombor mudirlari ishtirokida “Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018 yil 13 dekabrdagi 08-3227-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni  takomillashtirish hamda maktabgacha ta'lim muassasalari oshxonalarida Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi Sanitariya qoidalari va me'yorlariga rioya qilinishni va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirilishini ta'minlash maqsadida  Maktabgacha ta'lim muassasalarida 2019 yil mart oyi “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 30 mart  kuni Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 6-son maktabgacha ta'lim muassasasida ombor mudirlari ishtirokida “Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, va bulimning  mutaxasis xodimi D.Bekboyev hamda 20 ta  maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ombor mudirlari ishtirok etishdi. Seminarda ombor mudirlariga “Oziq-ovqat ombori ishini to‘g‘ri tashkil etish” hamda “Oziq-ovqat maxsulotlari sifat ko‘rsatkichlarini organoleptik usulda aniqlash” mavzulari bo‘yicha ma'lumotlar berilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, seminarda ta'minotchi korxonalar mahsulotlari bilan kichik yarmarka tashkil etildi. MTMlarda faoliyat yuritayotgan ombor mudirlari uchun uslubiy birlashma tashkil etilib, ushbu birlashmaga 6-son maktabgacha ta'lim muassasasi ombor mudiri Egamkulov Alisher raxbar etib saylandi. Bunday keyin uslubiy birlashma raxbari tomonidan xar oyda bir marotaba seminar tashkil etilib ombor mudirlariga ish faoliyati yuzasidan kerakli ma'lumotlar berib boriladi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/04/2019 14:41;   Ko‘rilganligi: 780
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-6-maktabgacha-talim-muassasasida-otkazilgan-maktabgacha-talim-muassasalarida-soglom-ovqatlantirishni-tashkil-etish-mavzusida-oquv-amaliy-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 23:33