Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Yosh rassomlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 4.5.7-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida "Yosh rassomlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik tanlovda 15 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etib ular "Mening sevimli ertagim" mavzusi asosida rasm chizishdi. 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abdullayeva Sevinch faxrli birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi o‘rinni 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Mamadaliyev Oybek, uchinchi o‘rinni esa Baxodirov Mexroj egallashdi va maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan taqdirlanishdi.
Kiritilgan vaqti: 21/02/2020 13:55; Ko‘rilganligi: 633
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 08:16