Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tassarufidagi 32-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2019 yil 8 avgustda o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tassarufidagi 32-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2019 yil 8 avgustda o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
2019 yil 23 avgust kuni “Ochiq eshiklar kuni “ tadbiri o‘tkazildi.
Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tassarufidagi 32-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2019 yil 8 avgustda o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, 32-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolalarning ota-onalari, mahalla raisi va mahalla faollari, qishloq oqsoqollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari har bir guruh xonalariga kirib bolalarga “Ilk qadam davlat dasturi “ asosida berilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari, guruhlarda davlat talablari asosida tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar, bolalarning yotoqxonalarida yaratilgan sharoitlar, maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishning tashkil etilishi, oziq-ovqat maxsulotlarining saqlanishi bilan atroflicha tanishib bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ota-onalarga manzur bo‘ldi.
Tadbirning ikkinchi bosqichida barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan “Jonajon O‘zbekiston mangu bo‘l omon” shiori ostida bayram tadbirini namoyish etildi. Tadbirda qatnashgan ota-onalar va jamoatchilik vakillari davlatimiz rahbarining kelajagimiz poydevorlari bo‘lmish farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo‘lib o‘sishlari, kelajagi porloq, ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlari uchun cheksiz minnatdor ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 23/08/2019 16:13; Ko‘rilganligi: 734
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:01