Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumanida “AZIZA NIGORA”nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini boshladi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan maktabgacha ta'lim sohasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta'minlash, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini yangidan ta'mirlash hamda tumanda nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda tumanda nodavlat, oilaviy hamda davlat-xususiy sherikchilik asosidagi ta'lim muassasalari tashkil etish ishlari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Jumladan joriy yilning 3 iyul kuni Oqdaryo tumani Yangiobod maxalla fuqarolar yig‘inida yashovchi tashabbuskor Turaqulov Mashrab tomonidan quvvati 75 o‘rinli, bolalar uchun“Aziza Nigora”nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi topshirildi. Ushbu muassasa bugungi kunda 12 nafar mahalliy aholining ish o‘rinlari bilan ta'minladi. Barkamol avlodni har tomonlama rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: u yerda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha yakka tartibda va kichik guruh mashg‘ulotlari uchun davolash-jismoniy tarbiya xonasi, jismoniy tarbiya zali, futbol maydoni mavjud, musiqiy ta'lim dasturi esa tuzatish ritmikasi bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida psixolog faoliyat yuritib, bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishdan tashqari ota-onalar va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan konsultatsiyalar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari bolajonlarimizni yurtimiz ravnaqi yo‘lida tarbiyalashda rus tili, ingliz tillari mukammal o‘rganishi uchun alohida imkoniyatlar yaratilgan.

Kiritilgan vaqti: 02/08/2019 14:05;   Ko‘rilganligi: 715
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tumanida-aziza-nigoranomli-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:04