Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumanida “Navro‘z” umumhalq bayrami arafasida yangi Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 19 mart kuni Oqdaryo tuman Oqdaryo mahalla fuqarolar yig‘inida 120 o‘rinli 24-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yangi binosining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimi N.Sulaymonov ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi. Foydalanishga topshirilgan 24-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yangi binosining loyiha qiymati 3 millard700 millionni tashkil etib, bugungi kunda tashkilotda bolajonlar uchun barcha qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan hamda zamonaviy jixozlar bilan ta'minlangan. 24-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti shu vaqtga qadar moslashtirilgan binoda quvvati 50 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti sifatida foydalanib kelinayotgan edi.Bundan tashkari yana 12 nafar ishsiz xotin- kizlarimiz ish bilan taminlandi.

 Ushbu 24-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yangi binosining “Navro‘z” umumxalq bayramida foydalanishga topshirilishi bolajonlarga va mahalla ahliga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 20/03/2021 04:26;   Ko‘rilganligi: 530
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tumanida-navroz-umumhalq-bayrami-arafasida-yangi-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-binosi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 22/09/2023 14:05