Oqdaryo tumanida yana bitta davlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Oqdaryo tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Muzon qishlog‘ida 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi qaytadan qurib foydalanishga topshirildi
Oqdaryo tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Muzon qishlog‘ida 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi qaytadan qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri, maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, maktabgacha ta'lim muassasalari pedogoglari va mahalla faollari qatnashdilar.Tadbirni tuman hokimi ochib berib soha mutaxassislari va Yangiobod mahalla aholisini ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirilganligi bilan tabriklab, muassasadagi yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholab o‘tdi.Mahalla faollari so‘zga chiqib tuman hokimligi, sektor rahbarlari va soha mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi. Ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi 75 o‘rinli bo‘lib tumandagi 3-7 yoshli bolalarning 75 nafarini qamrab oladi.Tadbir davomida bolajonlar tomonidan qilingan chiqishlar, ijro etilgan qo‘shiqlar va raqslar barchani birdek xursand qilib, tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.
Kiritilgan vaqti: 01/05/2019 15:25; Ko‘rilganligi: 819
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:51