Oqdaryoda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni yana bittaga ko’paydi
Davlatimiz va jamiyatimizning qudrati va salohiyatini, butun borlig’imiz va kuch-g’ayratimizni barkamol avlod tarbiyasiga safarbar etish uchun barcha sharoitlar va imkoniyatlarga egamiz.Bularning barchasi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrovini oshirib, ularning sog’lom , aqlan yetuk bo’lib ulg’ayishiga zamin yaratmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, sohada nodavlat sektornng ulushini oshirish maqsadida joriy yilning 18-avgust kuni Oqdaryo tuman Taraqqiyot mahallasida yakka tartibdagi tadbirkor Kulijonov Javlon tashabbusi bilan “Laylo” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri B.Asrorova va bo’lim xodimlari ishtirok etishib mahalla ahlini ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.
Tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mahalladagi qamrab olinmagan 25 nafar bolajonlar qabul qilindi va 2 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.
Kiritilgan vaqti: 20/08/2021 06:20; Ko‘rilganligi: 310
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:27