OQDARYODA YANA BITTA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATINI BOSHLADI
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha taʼlim xizmatlari koʼrsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish maqsadida joriy yilning 13-avgust kuni Oqdaryo tumani Po’latdarxon mahallasida tadbirkor Mahmudova Lola Oʻktamovna xonadonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish tadbiri boʼlib oʼtdi va tumanda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yana bittaga koʼpaydi.
Tadbirda maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi xodimlari, mahalla faollari va ota-onalar ishtirok eishdi. Tadbirni Maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri B.Asrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini yangi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.
Tashkil etilgan ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududdagi qamrab olinmagan 25 nafar bolajonlar qabul qilindi va 2 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi.
Kiritilgan vaqti: 13/08/2021 14:06; Ko‘rilganligi: 312
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 07:49