“ORASTA QIZLAR” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2021 yil 7-iyundagi “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil etish to‘g‘risida”gi 64-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash yuzasidan Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 34-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchi qizlari o‘rtasida “ORASTA QIZLAR” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tarbiyalanuvchi qizlar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlovda Elmurodova Iroda hakamlar hay'ati tomonidan berilgan barcha savollarga o‘zining zukkoligi, topqirligi, epchilligi bilan javob berib tanlovning mutloq g‘olibi deb topildi. Tadbirda barcha tarbiyachi va tarbiyalanuvchi bolajonlar faol ishtirok etishdi.
Kiritilgan vaqti: 30/06/2021 13:25; Ko‘rilganligi: 324
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 18:53