QANOAT VA SHUKRONALIK OYIDA SAXOVATLI BO‘LAYLIK!
Hayotimizda muqaddas Ramazon oyi davom etmoqda. Xalqimizning ma'naviy-ruhiy hayotida alohida o‘rin tutuvchi muborak oyning mohiyatida insoniylik, ezgulik, ma'naviy poklik fazilatlari mujassamdir. Bu oy jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, el-yurtimizga xos ezgu xislatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda muhim ahamiyatga ega. Shunday sinovli kunlarda ham Muqaddas islom dinining besh farzidan biri bo‘lgan bu oy ruknlarini yurtdoshlarimiz uylarida emin-erkin, qanoat va shukronalik bilan ado etib kelmoqdalar.
QANOAT VA SHUKRONALIK OYIDA SAXOVATLI BO‘LAYLIK!
Hayotimizda muqaddas Ramazon oyi davom etmoqda. Xalqimizning ma'naviy-ruhiy hayotida alohida o‘rin tutuvchi muborak oyning mohiyatida insoniylik, ezgulik, ma'naviy poklik fazilatlari mujassamdir. Bu oy jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, el-yurtimizga xos ezgu xislatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda muhim ahamiyatga ega. Shunday sinovli kunlarda ham Muqaddas islom dinining besh farzidan biri bo‘lgan bu oy ruknlarini yurtdoshlarimiz uylarida emin-erkin, qanoat va shukronalik bilan ado etib kelmoqdalar.
Ramazon oyi ro‘zasi kishini sabr-qanoatga o‘rgatadi. Chunki, inson komilligi avvalo, uning fazilatlariga bog‘liq. Imon taqozo qilgan shukronalik, halimlik kabi yaxshi xulqlar sabrda mujassamdir. Bu oy - tarbiya oyi hamdir. U insonlarni yolg‘onchilik, g‘iybatchilik, fisqu fasod ishlardan qaytarib, halollikka, mehnatsevarlikka, xushmuomalalikka o‘rgatadi. Har bir oilada sog‘lom turmush tarzini , sog‘lom muhitni targ‘ib qiladi. Ramazon oyining yana bir muhim fazilati – bu sahovatdir. Ushbu oyda milliy qadriyatlarimiz va an'analarimiz, saxovat kabi insonparvarlik tuyg‘ularimiz yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Azal-azaldan ushbu muborak oyda yordam va ko‘makka muhtoj insonlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan, yaxshi qo‘ni-qo‘shnichilik, qarindoshlik haqlariga mukammal rioya qilish, mahalla-kuyda bir-biriga yordam berish , bemorlar holidan xabar olish, keksalarni yo‘qlash, ko‘makka muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarga hadyalar berish go‘zal urf-odatlarimizdan hisoblanib kelingan .
Ramazon – bundan tashqari , shunday qadrli va g‘animat oydirki, unda tutilgan ro‘zaning savobini bevosita Alloh taoloning o‘zi beradi, ushbu oyda jannat darvozalari ochiladi, gunohlar mag‘firat qilinadi, rahm-shafqat ko‘rsatiladi. O‘zaro birdamlik, mehribonlik ko‘rsatiladigan, ushbu oyda insonlar bir-birlari haqida qayg‘urib, xato-kamchiliklarini kechirib, xayrli ishlarda hamkorlik qilinadigan, musulmonlar bir-birini qo‘llab, qariyalar ziyorat qilinadigan, musibatli insonlardan ko‘ngil so‘ralib, yetimlarga har tomonlama ko‘mak beriladigan muqaddas oydir.
Bu jihat mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham bevosita chambarchas bog‘liqdir. Hayotimiz ko‘rki, jamiyatimiz fayzi o‘zaro ahil-inoqlikda. Musulmonlar uchun ma'naviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish, insonlar bir biriga mehr-oqibat ko‘rsatishga, savobli ishlarni qilishga oshiqadigan ushbu oyda Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan “Sahovat va koʻmak” harakati doirasida ko‘plab ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ulug‘ ayyom kunlarida saxovatpesha hamyurtlarimizni ushbu umumxalq harakati yanada birlashtirmoqda.
Shu bois Yurtboshimiz xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi. Bu umumxalq harakatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu ezgu sa'y-harakatning muborak Ramazon oyida amalga oshirilishida ham juda katta ma'no mujassam. Zero bu ayyomda amalga oshiriladigan ehson va xayriyalar manzilli bo‘ladi. Shu bois xayrli tashabbus qanot yoyishi uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.
Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazishimiz uchun Yaratgandan barchamizga kuch-quvvat va sabr-qanoat tilab qolaman. Yurtimiz tinch, xayotimiz farovon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Oqdaryo tuman Maktabgacha ta'lim
bo‘limi mudiri: Asrorova Baxtigul Abrorovna
Kiritilgan vaqti: 28/05/2020 08:30; Ko‘rilganligi: 645
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 20:35