Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani A.Temur MFY “Chayjovul” qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani A.Temur MFY “Chayjovul” qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi.2018 yil 18 oktyabr kuni ushbu muassasaning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

           

             Mamlakat taraqiyoti ta'lim tarbiyaga barilayotgan etibor va g‘amxo‘rlikka bog‘liq, shu manoda respublikamizda soha rivoji yo‘lida keng islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan ta'limning ilk bug‘uni bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga katta etibor qaratildi.

             Ushbu islohotlar samarasi tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tizimida ham nomoyon bo‘lmoqda.

             Dunyodagi eng ajoyib manzara-bola tabassumi, uning yuzidagi aks etgan beg‘uborlik va samimiyat,bolajon o‘zbek xalqi o‘z dilbandini nafaqat suyib erkalaydi balki uning kelajagi uchun xam qayg‘uradi.Bolalar-qalbimiz quvonchi,ertamiz ishonchi va kelajagimiz davomchilaridir.Bu gulgul nixollari toza qalb ila ulg‘ayishi va kelajakka teran nazar bilan boqishi uchun har birimiz masuldirmiz.

             Samarqand viloyati Oqdaryo tumani A.Temur MFY “Chayjovul” qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan maktabgacha ta'lim muassasasi zamonaviy tipda, davlat talablari asosida qurilgan 30 son raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

            2018 yil 18 oktyabr kuni ushbu muassasaning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

            Tadbirda tuman hokimi F.N.Abilov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i N.S.Sadinova, tuman IIB xodimlari, tuman hokimiyati qurilish bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish markazidan, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari va maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari va nuroniy otaxon va onaxonlar,xamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.

            Ushbu muassasada 4 ta kuni uzaytirilgan gurux,1 ta qisqa muddatli gurux tashkil etilib, 125 nafar bolalar qamrab olindi.23 nafar fuqarolar ish bilan ta'minlandilar. Har bir guruh uchun mashg‘ulot xonasi va yotoqxona, oshxona mavjud bo‘lib, barcha xonalar zamon talablari asosida jixozlangan.


Oxirgi o‘zgarish: 10/11/2018 11:02;   Ko‘rilganligi: 1079
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/samarqand-viloyati-oqdaryo-tumani-atemur-mfy-chayjovul-qishlogida-obod-qishloq-dasturiga-kiritilgan-maktabgacha-talim-muassasasi-ochildi
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 07:50