Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

SHUKRONALIK HISSI BILAN YASHAYLIK.

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorovaning SHUKRONALIK HISSI BILAN YASHAYLIK nomli maqolasi

Bugun  jonajon Vatanimiz  O‘zbekistonda bir kancha bunyodkorlik ishlari  amalga oshirilmoqda. Qaysi sohaga qaramaylik Muhtaram  yurtboshimiz tomonidan olib  borilayotgan  barcha  islohatlar zamirida faqat bir maqsad, xalqimizning farovonligi, tinchligi, obodligi barobarida   ularning ilmli  bo‘lishi va farovon hayot kechirishi uchun tun-u kun mehnat qilinayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Bunday  o‘zgarishlarni ko‘rib, tevarak-atrofga razm solar ekanmiz, yurtdoshlarimizning baxtli chehralarini,  yaratish va yashnatish ishtiyoqi bilan bandligini ko‘rib xursand bo‘lamiz. Chunki, haqiqiy hayot  quvonchi kishining chehrasidan, ko‘zlaridan  ravshan ko‘rinib turadi. Vatandoshlarimiz chehralaridagi  mamnunlikni,  ko‘zlaridagi masrurlikni, tillaridagi  shukronalikni ko‘rib  yuragimiz g‘ururga to‘ladi. Buning boisi, yurtimizda  inson va uning manfaatlari barcha narsadan ustun ekanligidadir. 

           Muhtaram yurtboshimiz tomonidan: “Bu – hayot sinovlarida toblangan, so‘zida qat'iy turadigan, ishning ko‘zini biladigan, mehnatkash, mard va matonatli xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo e'tiborimiz markazida bo‘ladi”- deya, xalq bilan uzluksiz muloqotda bo‘lib, inson manfaatlari uchun xizmat qilish, barcha darajadagi rahbarlar uchun nafaqat majburiyat, balki hayotiy tamoyilga aylanishi shart- deya qayta-qayta ta'kidlab, bu borada o‘zi ibrat ko‘rsatib kelayotganligini ko‘rib yuragimiz yana shukronalik hissiga to‘ladi. Zero shukronalik- inson ziynati, u inson  hayotiga yangi - yangi quvonchlar olib keladi. Shukronalik shunday  sehrli kuchga egaki-  u insonni yaxshi tomonga  o‘zgartiradi.                                                 

          Yurtimizda qiyinchiliklardan qo‘rqmay, o‘z kuch-g‘ayratini jamiyat taraqqiyotiga sarflaydiganlar  ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mamlakatimizdagi   bugungi  islohatlar:  amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, barpo etilayotgan ko‘rkam uy-joylar,barcha  sharoitlariga  ega ta'lim va tibbiyot muassasalari, sport maskanlari, zamonaviy korxonalar, keng va ravon yo‘llar, bog‘u- xiyobonlar, shahar va qishloqlarimiz  butunlay  boshqacha qiyofaga kirib, xalqimiz farovonligi, yoshlarimiz ongi va tafakkurining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

         Hozirgi sinovli kunlarda hammamiz  o‘zimizni qo‘lga olib, shukronalik tuyg‘usi inson hayoti farovonligidagi eng muhim omil ekanligiga amin bo‘lib, yoshlarimiz tarbiyasiga befarq bo‘lmasligimiz darkor. Ularda avvalo,  shukronalik tuyg‘usini shakllantirmog‘imiz  lozim.  Ular o‘zlariga qilinayotgan e'tiborni  qadriga yetib, Vatani ravnaqi uchun, ularning nafaqat jismonan sog‘lom, balki ma'nan boy qilib tarbiyalanishi uchun qilinayotgan sa'y-haratlarni ko‘rib, buning qadriga yetib,  ularga berilayotgan  imkoniyatlardan foydalanib, bunga javoban Vatani oldidagi o‘z huquq va majbutiyatlarini ado etmog‘i kerak.

      Yoshlarga   bo‘lgan bunday e'tibor ularning kelajagi uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratilishiga zamin bo‘ladi. Ular  tinchlikni qadriga yetish,  shukronalik bilan yashamoq oliy ne'mat, hamda ulug‘ saodat ekanligini his qiladi.                                                                                               

                  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri                                     Asrorova Baxtigul Abrorovna

               


Kiritilgan vaqti: 08/07/2020 12:35;   Ko‘rilganligi: 607
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/shukronalik-hissi-bilan-yashaylik
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 07:47