SIFATLI MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH BOSH MAQSADIMIZDIR!

Mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab, milliy tiklanishdan, milliy yuksalish sari dadil ilgarilab borimoqda. Bugungi kunda yurtimizda tinchlik barqarorlikni mustaxkamlash davrida yurtboshimiz tomonidan maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilayotganini aytib o‘tishimiz lozim. Hozirgi kunga kelib maktabgacha ta'limni rivojlantirish maqsadida ellikdan ziyod qaror, farmon buyruq va farmoishlar ishlab chiqildi.
Vatanimiz ertangi kuni va istiqbolini hal qiladigan hozirgi yosh avlodni munosib ravishda kamolga yetkazish ta'lim tarbiya soxasini zamonaviy darajada uzluksiz takomillashtirib borish bilan bog‘liq.
Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha ta'lim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash ularning to‘laqonli hayot faoliyati uchun qulay shart sharoitlarni ta'minlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish oldimizga qo‘ygan eng dolzarb vazifamizdir.
O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari, hamda usullarini joriy etish, maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha Oqdaryo tumanida xam keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oqdaryo tumanida 35 ta maxalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, maktabgacha ta'lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalarimiz 12787 nafarni tashkil etadi. Jumladan 2017 yil yakunida bolalarni maktabgacha ta'limga jalb qilinishi va qamrov foizimiz 12.8% tashkil etsa, 2018 yil yakuniga ko‘ra 27.4%ni, 2019 yil yakunida esa 50.2% foizni tashkil etdi.
2017 yilda tumanda faqat 24 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda 27 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3894 nafar, 7 ta davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 675 nafar, 2 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 114 nafar va 68 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1700 nafar, jami 6383 nafar tarbiyalanuvchilarimiz sifatli maktabgacha ta'limga jalb qilindi. 2020 yil yakuniga qadar qamrov ko‘rsatkichimizni tumanda 65% ga yetazishni rejalashtirib, bu bo‘yicha qatiy chora-tadbirlar belgilanib yo‘l xaritalari ishlab chiqganmiz.
3ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyatini qaytadan tashkil etish hisobiga 45 dan ziyod, 7 ta davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 83 dan ziyod, 2 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 15 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilib, pedagog, tarbiyachi, xamshira va ombor mudirlari ish bilan ta'minlandi.
Shuni alohida aytishimiz joizki aholi kam bo‘lgan tumanimizning chekka-chekka qishloqlarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining xar birida xotin-qizlarimiz uchun 2 tadan ish o‘rinlari yaratilib, jami qishloq joylarida ish topolmay qiynalib yurgan 136 nafar xotin qizlarimiz ish bilan ta'minlandi.
Bundan tashqari qurulish va ta'mirlash ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda 3,26,13,21,25 maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlatimiz tomonidan joriy ta'mirlandi. Juda qisqa vaqt ikki yil davomida 5,7,10,11,16,18,28,30,32,36- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari “Obod qishloq dasturi” va “Investitsiya dastur”lari bo‘yicha ayrimlari rekanstruksiya qilingan bo‘lsa, ayrimlari mukammal ta'mirlandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qisqa fursat ichida moddiy texnika bazalari yaxshilandi. Tarbiyachi pedagoglar didaktik o‘quv materallari bilan ta'minlandi.
2020 yilda xam 14,24,34-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari investitsiya dasturi asosida ta'mirlanishi rejalashtirilib, Turon maxalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Arpa qishlog‘ida 50 o‘rinli Davlat maktabgacha tashkiloti ish faoliyati yo‘lga quyilishi arafasida turibdi.
Sifatli maktabgacha ta'limni rivojlantirish asoslaridan biri boshqaruv va pedagog kadrlarni tayyorlash darajasi va ularning malakasini oshirish xisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi kadrlarning salohiyati bo‘yicha xam bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoniga innavatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etgan xolda tarbiyachilarning kompleks rivojlanishiga yo‘naltirilgan ilmiy amaliy semenar treninglar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 2018 yil pedagog kadrlarimizni 18% oliy malumotli bo‘lsa bugungi kunga kelib, 57% ni tashkil etadi. Bundan tashqari yosh avlodni sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash maqsadida ko‘plab tadbirlar, sport musabaqolari, seminar va davra suxbatlari xam o‘tkazilib kelinmoqda.
Muxtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy majlisga yo‘llagan murojatnomasida ham maktabgacha ta'lim sohasiga, tizimni yanada rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
2020 yil “Ilm-marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deb e'lon qilindi. Yilning nomlanishi xamda Prezidentimizning Oliy majlisga yo‘llagan murojatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar xar bir rahbarga ulkan ishonch va masuliyat yuklaydi. Har birimizni yanada vatanparvarlikka chorlaydi.
Shuni aytishimiz joizki maktabgacha ta'lim tizimida xali qilganimizdan ko‘ra, qilishimiz lozim bo‘lgan muhum ustuvor vazifalar oldimizda turibdi.
Maktabgacha ta'lim tizimining yaxlit uzluksiz ta'lim tizimini muxum bug‘uni sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy texnik bazasini mustaxkamlash ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash bolalarni har tomonlama inteliktual ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayonida joriy etish ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish bosh maqsadimizdir.
Ertangi kunimiz va kelajagimiz aynan bugun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida voyaga yetayotgan, tarbiyalanayotgan jajji farzandlarimizga bog‘liq.
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim
bo‘lim mudiri Baxtigul Asrorova

Oxirgi o‘zgarish: 01/02/2020 10:21; Ko‘rilganligi: 685
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 09:21