“Sog‘lom avlod-sog‘lom kelajak” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2021-yil 30-yanvar tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi va sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari hamkorligida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining hamshiralari va oshpazlariga “Sog‘lom avlod-sog‘lom kelajak” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 30-yanvar tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi va sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markazi xodimlari hamkorligida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining hamshiralari va oshpazlariga “Sog‘lom avlod-sog‘lom kelajak” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B. Asrorova va SEO markazi rahbari B.Markayevlar ishtirok etishdi. Seminarda maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlar, taomnomalarning xilma-xilligi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanish qoidalariga amal qilinishi hamda oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.
Kiritilgan vaqti: 01/02/2021 15:24; Ko‘rilganligi: 489
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:57