Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Sog‘lom ovqatlantirishni ta'minlash bo‘yicha suxbat o‘tkazildi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi Sog‘lom ovqatlantirishni  ta'minlash  bo‘yicha mutaxassis F.Qosimov   tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarining xo‘jalik mudirlari va hamshiralariga Vazirlar Mahkamasining2019 yil  25-iyuldagi 626-son qaroriga asosan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifatini kafolatlash, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlash qoidalari va gigiyena normativlariga qat'iy rioya qilish to‘g‘risida  suxbat o‘tkazdi.

 

 Xo‘jalik mudirlari va hamshiralar tomonidan faoliyatlariga oid berilgan savollarga  mutaxassis tomonidan aniq va to‘liq javob berildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan chora-tadbirlar  belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 16/06/2021 13:39;   Ko‘rilganligi: 331
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/soglom-ovqatlantirishni-taminlash-boyicha-suxbat-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:08