Ta'lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilari bilan tashkilotning o‘quv-metodik faoliyati, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam “ o‘quv dasturi va variativ dasturlar, ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat jarayonida tashkilot metodistlari va tajribali tarbiyachilar ta'lim sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zlarining bir nechta takliflarini berdi. Bo‘lim mudiri tomonidan berilgan takliflar inobatga olinib, ta'lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar belgilab berildi.
Oxirgi o‘zgarish: 22/06/2021 15:37; Ko‘rilganligi: 361
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:59