Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda faollik markazlarining ahamiyati
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 2021 yil 19- fevral kuni " Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda faollik markazlarining ahamiyati" mavzusida amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, mudir o‘rinbosari M.Saidkamolova, shu'ba mudirlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 2021 yil 19- fevral kuni " Ta'lim -tarbiya samaradorligini oshirishda faollik markazlarining ahamiyati" mavzusida amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, mudir o‘rinbosari M.Saidkamolova, shu'ba mudirlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi. Seminarda 5-sonli MTT tarbiyachilari tomonidan noan'anaviy mashg‘ulotlar, faollik markazlarining jihozlanishi va tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnatlari, ko‘rgazmalar namoyish etildi. Barcha ishtirokchilar bilan faollik markazlarini jihozlash, mashg‘ulotlarni o‘tish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari mavzusida savol-javoblar o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tajribali metodistlar, MTT direktorlari va tarbiyachilar javob berishdi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, ta'lim –tarbiya sifatini ko‘tarish, bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala va kiyinish madaniyati, mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘lla, yangiliklar yaratish metod va usullari xususida bo‘lim mudiri B.Asrorova o‘z fikr va takliflarini berdi.
Kiritilgan vaqti: 22/02/2021 06:09; Ko‘rilganligi: 466
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 08:46