Tumandagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
Tumandagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tumandagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan tarbiyachi va pedagog xodimlar, tashkilot direktorlari va ota-onalar ishtirok etishdi. 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan barcha guruhlar faoliyati o‘rganib chiqildi.

Seminar davomida tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan “Ochiq mujassam” mashhulotlar kuzatildi va tahlil qilindi. Tarbiyalanuvchi bolalarning ota-onalari bilan hamkorlikda "Otam-onam va men" deb nomlangan musobaqa tashkil qilindi.
Rivojlanishidagi beshta faoliyat bo‘yicha ota-onalar va tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida tarbiyalanuvchilarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Kiritilgan vaqti: 04/03/2021 07:24; Ko‘rilganligi: 426
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 08:14