TUMANIMIZDA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI SONI YANA BITTAGA KO‘PAYDI
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish maqsadida joriy yilning 8-iyul kuni Oqdaryo tumani Yangiqishloq MFY Mavlum qishlog‘ida tadbirkor Qo‘chqorova Zarnigor tashabbusi bilan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, mahalla faollari va ota-onalar ishtirok eishdi.
Tadbirni Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.
Tashkil etilgan ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga hududdagi qamrab olinmagan 25 nafar bolajonlar qabul qilindi va 2 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi.
Kiritilgan vaqti: 09/07/2021 07:59; Ko‘rilganligi: 399
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 08:11