Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumanimizda yana 22 ta Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berildi

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2021 yil  10-iyundagi  “Qamrov past bo‘lgan tumanlarda  maktabgacha  ta'lim  tashkilotlari tarmog‘ini  kengaytirish bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-sonli  qarori hamda  Samarqand viloyati hokimining  2021 yil  15-iyundagi “3-7 yoshli  bolalarni  MTTlarga   qamrab olish  ko‘rsatkichini  oshirish” bo‘yicha   07-01/1108-raqam bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da  belgilangan  Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maksadida 18-iyun kuni Oqdaryo  tumani  Primkent  MFY  Poniqi qishlog‘ida  tadbirkor Rustamova Dilrabo Omonovna tashabbusi bilan “SEVINCH” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari S.Luqmonov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  va mahalla oqsoqollari ishtirok eishdi.

Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari S. Lukmonov ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi “Sevinch” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini  foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.

 Tumanda yana 21 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama bitim imzolangan bo‘lib Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshlashga ruxsat berildi.

  Hududlarda tashkil etilayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 500 nafar maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan 3-7 yoshli bolalar qamrab olinadi va 44 nafar xotin-qizlarimiz ish bilan ta'minlanadi.


Oxirgi o‘zgarish: 18/06/2021 14:47;   Ko‘rilganligi: 503
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/tumanimizda-yana-22-ta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-faoliyatiga-ruxsat-berildi
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 20:14