Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Uy bog‘chalari soni yana bittaga ko‘paydi

Bugungi  kunda  Oqdaryo  tumani Yangiravot-2  MFY  Uklon qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi asosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tadbirkor Shukurova Sadoqat Sa'dullo qizi tashabbusi bilan “Sadoqat” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etilib  mazkur tashkilotning ochilish tadbiri  ham  shular jumlasidandir.

Shu vaqtgacha Uklon qishlog‘ida  hech qanday  turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari  faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan edi. Bugungi  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining  ochilishi  butun  qishloq ahlini  xursand qildi. Tadbirda Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  va mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi. Tadbirni  tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi “Sadoqat” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini  foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim  tashkilotiga  qishloqdagi  3-7 yoshli    qamrab olinmagan 25 nafar bolajonlar qabul qilindi. 2 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqs hamda ifodali o‘qilgan sherlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Kiritilgan vaqti: 25/06/2021 13:33;   Ko‘rilganligi: 336
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/uy-bogchalari-soni-yana-bittaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 07:48