Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

2021 yil 2 avgust kuni o’z faoliyatini boshlagan Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, Maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri B.Asrorova hamda tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi mutahassisi ishtirokida o’quv yili davomida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. 

2021-2022 o’quv yilida yangi tashkil etilgan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga boshqa o’quv yillariga nisbatan ta’lim-tarbiyaning sifat bosqichiga olib chiqish, sog’lom ovqatlantirish hamda xavfsiz faoliyatni yol’ga qo’yish kabi bir qancha mas’ulyatlarni yuklaydi.

  Maktabgacha talim bo’limi mudiri B.Asrorova tomonidan tumanda tashkil etilgan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. Shunungdek tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi mutahassisi tomonidan tashkilotlarda yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilish bo’yicha yig’ilish qatnashchilariga ko’rsatmalar berildi. Yig’ilish davomida tashkilotlar rahbarlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutahassislar tomonidan atroflicha javob olishdilar.


Kiritilgan vaqti: 02/08/2021 16:19;   Ko‘rilganligi: 351
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/vazifalar-belgilab-olindi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:38