Xodimlar va bolalar o‘rtasida koronavirus kasalligini oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tumandagi 28 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va hamshiralariga tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tomonidan yurtimiz aholisi, ayniqsa maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va xodimlari salomatligini ta’minlash, xodimlar va bolalar o‘rtasida koronavirus kasalligini oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Bo‘lim mudiri “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni muhtaram prezidentimiz tomonidan imzolanganligi yuzasidan tushuncha berdi.
-maktabgacha ta’lim tashkilotiga keladigan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tashkilotga kirish-chiqish qismida bolalarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-guruhlar ichida ijtimoiy masofani saqlanishiga qat’iy rioya qilish;
-xodimlarni niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishini tashkil etish;
-xodimlarni sababsiz bog‘cha hududidan tashqariga chiqishlarini cheklash hamda begona shaxslarni bog‘cha hududiga kirishini ta’qiqlash
- mashg‘ulot xonalari, yotoqxonalar, hojatxonalar talab darajasida bo‘lishi
-tana harorati 37°C va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik
- barcha xodimlarni zudlik bilan vaksina olishini ta’minlash choralarini ko‘rish kabi choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Kiritilgan vaqti: 05/08/2021 06:57; Ko‘rilganligi: 386
Chop etilgan vaqti: 25/09/2023 00:26