“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”
Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, iste'dodli tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsad qilib qo‘yilgan. Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar beshta shart asosida bellashdilar. Tanlovda hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari adolatli baholandi va g‘oliblar aniqlandi. Tanlovning tuman bosqichida 5- sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Sharipova Latofat barcha shartlarni a'lo darajada bajarib faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi va tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.
Kiritilgan vaqti: 15/06/2021 07:08; Ko‘rilganligi: 524
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 22:23