“YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” KASBIY - KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 2-sektor hududida joylashgan 6, 8, 18, 19, 22, 28, 36-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari o‘rta maxsus mutaxassis tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tarbiyachilar 5 ta shart bo‘yicha bellashdi. Tarbiyachilar o‘zlari yasagan qo‘l mehnatlaridan mashg‘ulotlar davomida foydalanish usullarini, “Ilk qadam” davlat dasturi va Davlat talablari hamda yangi pedagogik texnologiyalarni va kasbiy bilimlarini ayniqsa, kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama kamol topishida o‘zlarining turli metodlaridan samarali foydalanish yo‘llarini mahorat bilan amaliy tarzda ko‘rsatib berdi. Hakamlar hay'ati barcha shartlar bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan 22-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Akbarova Charos Baratovnani g‘olib deb topdi. Ishtirokchilar maktabgacha ta'lim bo‘limining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 08:38; Ko‘rilganligi: 369
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 08:20